Qog‘ozli oylik yo‘l chiptalarining davri o‘tdi
2021 yilning 1 fevralidan boshlab Toshkentda barcha turdagi (o‘quvchilar, talabalar, nafaqaxo‘rlar va umumiy) oylik yo‘l chiptalarining sotilishi to‘xtatiladi. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy guruhda bu boradagi tegishli bayonot e’lon qilindi.
Ayni paytda, o‘sha sanadan boshlab, elektron oylik kartalari uchun kunduzgi tariflardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Birinchi marta xarid qilganda, o‘ttiz kunlik oylik elektron kartalarni xarid qilish kerak. Kunduzgi tariflarni foydalanish davomida tanlash mumkin bo‘ladi. Elektron oylik yo‘l chiptalarini xarid qilish tariflari birinchi tasdiqlangan kundan boshlab, tarifda ko‘rsatilgan sanagacha amal qiladi.
Ta’kidlash joizki, barcha turdagi transport kartochkalari uch yilga beriladi. Ya’ni har oy yangi elektron kartalarni sotib olishga hojat qolmaydi. Fuqaro o‘zi uchun qulay bo‘lgan tarifni yuklab olsa, bo‘lgani.
Roman BONDARCHUK, O‘zA