Qizlarimiz muddatidan oldin chempion boʻldi
Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “GAFA Womenʻs championship — 2018”Xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “GAFA Womenʻs championship — 2018” Xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Eron va Oʻzbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etayotgan musobaqaning yakunlanishiga yana bir tur qoldi.
Toʻrtta oʻyinda toʻrtta gʻalaba qozongan ayollar milliy terma jamoamiz muddatidan oldin chempion boʻldi. Futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga 43 ta toʻp kiritib, oʻz darvozalaridan bitta toʻp oʻtkazdilar.
Jamoalarning yana bittadan uchrashuvi bor. Terma jamoamiz keyingi turda dam oladi.



