“Qizlar ovozi" klubining koordinatorlari saralandi
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida "Qizlar ovozi" klubining viloyat koordinatorlarini saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yosh ayol-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatda ayol-qizlar mavqeini oshirish, ularning muammolarini tizimli bartaraf qilish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda talaba-qizlar o‘zlarining erishgan yutuqlari, yo‘lga qo‘ygan loyihalari haqida taqdimot qildi.



"Qizlar ovozi" klubining viloyat saralash jarayonlari yakuniy natijalariga ko‘ra, 5 nafar iqtidorli va tashabbuskor qizlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha viloyat koordinatorligiga saralab olindi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov qizlarning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
A.Musayev, O‘zA