Qizlar odobi targ‘ibotchilari saralandi
Andijon tumanida “Qizlar odobi targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, yurtimizda 30 yoshgacha bo‘lgan jami 18 million 570 ming yoshning 9 million 90 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularni qo‘llab-quvvatlash, odob-axloq qoidalari ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash tanlovning asosiy maqsadidir.
Taqdimot va mahoratli targ‘ibotchi shartlarida viloyatning har bir tumanidan saralangan faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
[gallery-2366]
Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rin Oltinko‘l tumanilik Nihola Ne’matjonovaga nasib etdi. Jalaquduq tumani vakili Nilufar Xurxonova ikkinchi va ulug‘norlik Mahliyo Abdumo‘minova uchinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov doirasida hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi va milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA