Qit’aning eng kuchlilari Iordaniyada aniqlanmoqda
Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ortda qolgan kunlarida erkin va ayollar kurashidagi bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Shiddatli kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Mahoratli erkin kurashchimiz Bunyod Rufatov -80 kilogrammda qit’a chempionatining kumush medaliga egalik qilgan bo‘lsa, Mashhura Abdumusayeva (-43), Muhayyo Rahimjonova (-65) va Doniyor Ibragimov (-65) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qit’a chempionati dasturiga ko‘ra, 27 iyundan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqalar boshlanadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA