Qisqa xabarlar (+video)
Yurtimiz hayotiga oid voqea va hodisalar tafsiloti "Qisqa xabarlar" dasturida
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi.
- Mamlakatimizda kuzatilayotgan yuqori harorat elektr energiyasiga bo‘lgan talabni keskin oshirdi.
- 2026-yilning II choragi davomida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan dori vositalari narxlarini qonunchilikda belgilangan tartibdan yuqori qo‘llaganligi sababli bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli dorixonalarning farmatsevtika faoliyati uchun berilgan litsenziyalari bekor qilingan.
- Ertaga Xitoyning Shenjon shahrida shaxmat bo‘yicha 8, 10 va 12, 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari boshlanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eTYzxjP9k08" title="13 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqubjon Meliboyev, O‘zA