Qishloqda – musiqali, rangli favvora
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani markazida musiqali, rangli favvora qurib bitkazildi.
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani markazida musiqali, rangli favvora qurib bitkazildi.
Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Keyingi 3 yil ichida Sirdaryoda ulkan bunyodkorlik ishlari, nafaqat viloyat markazi Guliston shahrida yoki suv toshqinidan zarar koʻrgan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida, balki, vohaning har bir shahar va tumanlarida, qishloq va mahallalarida izchillik bilan olib borilmoqda.
Bundan 3-4 yil muqaddam, Sirdaryo viloyatidagi, hatto shahar tipini ham ololmagan kichik bir tumanning kichkinagina markazi, aniqrogʻi mahallasida “Ertaga musiqali-rangli favvora quriladi” deyishganida, boshqalarniku qoʻying, hatto, sayxunobodliklarning oʻzlari ham ishonmagan boʻlardi. Bir necha yillar muqaddam faqat yirik shaharlarda koʻrishimiz mumkin boʻlgan, Sayxunobodda bunyod etilgan musiqali-rangli favvora, bugun tuman markazining goʻzalligiga koʻrk bagʻishlab turibdi.
Favvoraning tuman markazidagi “Yoshlar xiyoboni”da qurilganligining oʻziga xos sabablari bor, albatta. Erta-indin koronavirus pandemiyasi barham topib, karantin cheklovlari bekor qilingach, tuman yoshlari, bolajonlar, sayxunobodlik oilalar ushbu maskanga tashrif buyurib, rang-barang favvoradan oʻziga xos zavq olib, yoshlar xiyobonida 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan toʻgaraklarga qatnashadi, oʻzlari qiziqqan mashgʻulotlaridan oʻzgacha zavq olishadi, musiqali-rangli favvoraning soya-salqinda musiqa tinglab, maza qilib hordiq chiqaradilar.