Qish uchun qancha koʻmir bor?
Pandemiya koʻpgina sohalarga oʻziga xos tarzda salbiy taʼsir oʻtkazdi.
Pandemiya koʻpgina sohalarga oʻziga xos tarzda salbiy taʼsir oʻtkazdi.
Buni koʻmir sanoatida ham koʻrish mumkin.
Misol uchun, joriy yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbeyeistondagi korxonalar 2,2 million tonna koʻmir ishlab chiqardi. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda mahsulot 158 ming tonnaga kamayganini koʻrsatadi.
Davlat statistika qoʻmitasining axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, koʻmir ishlab chiqarish hajmi yildan yilga oʻzgarib bormoqda.
2017-yil 4,0 million tonna koʻmir qazilgan boʻlsa, 2018-yilda 4,2 million, 2019-yilda esa 4,1 million tonna koʻmir qazib olingan.