Qirg‘iziston Mudofaa kengashi kotibi bilan uchrashuv
2016-yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa kengashi kotibi T.Jumaqadirov bilan uchrashdi.
2016-yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa kengashi kotibi T.Jumaqadirov bilan uchrashdi.Muloqot chog‘ida qator mintaqaviy xavfsizlik masalalari va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ShHTga a’zo davlatlarning xavfsizlik sohasidagi hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari Sammitiga tayyorgarlik jarayonining ayrim jihatlari ko‘rib chiqildi.