Qilichbozlik bo‘yicha mamlakat kubogi nihoyasiga yetdi
Poytaxtimizdagi “Umid” sport majmuida qilichbozlikning shpaga, rapira, sablya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, Malika Hakimova (Toshkent), Marjona Zubaydulloyeva (Navoiy), Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdabayeva (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Madinabonu Parpiyeva (Toshkent), Fayzullo Alimov (Toshkent), Roman Aleksandrov (Namangan), Jaloliddin Dushamboyev (Toshkent viloyati), Bobur Rasulov (Toshkent), Janibek Xolmuratov (Toshkent) kabi sportchilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildilar.



