Qidiruvda bo‘lgan avtomashina ustaxonadan topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 2026-yil 20-maydagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Z.F.dan “Navoiy suv ta’minoti” AJ foydasiga 117 million 579 ming so‘m qarzdorlik undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati 2026-yil 11-iyunda MIBning Zarafshon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdor belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzni to‘lamagani sababli davlat ijrochisi tomonidan 2026-yil 30-iyunda unga tegishli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2026-yil 6-iyul kuni ushbu avtomashina Zarafshon shahridagi ustaxonalardan biridan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari tufayli 117 million so‘mdan ortiq qarzdorlik va ijro yig‘imi to‘liq undirildi.