Qariyb 950 yoshli Sayrob chinori
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati o‘zining betakror tabiati va sir-sinoatlari bilan doim e’tiborda bo‘lgan. Necha yillarki bu zaminni o‘rganishga, uning sirlarini ochishga urinayotganlar ko‘p. Shunday tilsimlardan biri ikki tup ko‘hna chinor bo‘lib, u Boysun tumanining Sayrob qishlog‘ida joylashgan.
[gallery-19119]
Surxondaryoga kelish uchun sabab keltirilsa ham avvalida ushbu chinor yodga olinadi. Boisi chinor Surxon zamini bag‘rida qariyb 950 yildan buyon qo‘nim topgan. Balandligi 26 metr, tanasining ildizi bo‘yicha o‘lchami 16,5 metr, kavagining yer sathidan o‘lchami 3,5 metr bo‘lib, kavagining og‘zi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida.
Tarixga nazar tashlasak, Oktyabr to‘ntarilishiga qadar eski maktab vazifasini ham aynan shu chinor o‘tagan. Keyinchalik esa ya’ni, 1920 yilda qishloq kengashi binosi bo‘lgan. 1932-1934 yillarda 1-otliq askarlar polkining lager kutubxonasi bo‘lgan bo‘lsa, 1936 yilda qishloq savdo do‘koni vazifasida ham ishlatilgan. Hozirda esa chinor tabiiy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan bo‘lib, uning ichida mo‘’jazgina muzey tashkil qilingan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA