Qadriyatlar – ma’naviy kamolot asosi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi Abdurauf Fitrat nomidagi istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi.
Saylni Buxoro davlat universiteti rektori O.Hamidov kirish so‘zi bilan ochib, milliy qadriyatlarimizning yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni xususida so‘z yuritdi.
Universitet jamoasi, rektor, fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar Abdurauf Fitrat haykali poyiga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
[gallery-17577]
Talabalar milliy an’ana, qadriyat, urf-odatlar, o‘zbek millatiga xos bo‘lgan kelin salom, bolani beshikka solish, xatna marosimi, milliy o‘yinlarni namoyish etdi. Milliy atlas va adras liboslari, hunarmandchilik mahsulotlari hamda milliy taomlar ko‘rgazmalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, sayl davomida shashka, shaxmat va “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Talabalar milliy qadriyatlarimizni o‘rganib, his etgani sari qalblari iftixor tuyg‘usi ila jo‘sh urdi.
Festival yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA