Qabristonlar obodligi - koʻngil obodligi...
Xalqimizda “Qabriston obodligi - koʻngil obodligi” degan naql bor. Bu bejizga aytilmagan, qabristonlar bu aholining maʼnaviy dunyosi, ajdodlar merosiga munosabati va iymon-eʼtiqodi darajasini ifoda etadi.

Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimligi tashabbusi bilan qabristonni obod qilishdek savobli ishga qoʻl urildi. Xususan, ayni kunlarda Shirin shahar “Farhod” mahallasida joylashgan “Birodarlik” qabristoni chegaralarining ochiq qismini toʻliq devor panjaralar bilan oʻrash ishlari olib borilmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati