Putinning “Normand formati”da ishtirok etishi muhimmi?
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba prezident Vladimir Putinni Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya ishtirokida kechadigan «Normand formati» sammitida ko‘rishni xohlashini tan oldi.
Uning fikricha, Rossiya rahbari muzokarani kelishuvsiz tark etmaydi. "Aslida biz uchun qancha ishtirokchi bo‘lishi muhim emas, asosiysi prezident Putinning ishtiroki” dedi vazir.
Mulozim, shuningdek, hozir Donbassdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaraning «Normand formati»ni o‘zgartirish haqida gap yo‘qligini ham ta’kidladi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar Ukraina ichki mojarosini hal qilishda epizodik emas, asosiy rol o‘ynashini istashini aytgandi. AQSH Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid AQSHning Normand formatiga qo‘shilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘qligini, ammo Vashington bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
O‘zA