Putin va Orban uchrashuvini YeI yoqlamadi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml sayti xabar bergan.
– Nafaqat ko‘p yillik hamkorimiz, balki Yevropa Kengashiga raislik qiluvchi sifatida ham kelganingizni tushunaman, – deya hamkasbiga murojaat qilgan RF yetakchisi. – Umid qilamanki, ushbu qiyin vaziyatda ikki tomonlama munosabatni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashish imkoniga ega bo‘lamiz. Yevropa inqirozi, jumladan Ukraina yo‘nalishidagi vaziyat haqida gaplashamiz.
Putin Orbanning 2 iyul kuni Kiyevga amalga oshirgan safari haqida shunday dedi.
Avvalroq Vengriya hukumati rahbari Moskvaga “tinchlik missiyasini” davom ettirish uchun kelganini ma’lum qilgandi.
Orban 2 iyul kuni Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Vengriya navbatdagi raisligi doirasida YeI nomidan Rossiya bilan aloqa o‘rnatish mandatiga ega emasligini qayd etgan.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel esa “Vengriya Bosh vaziri Yevropa Ittifoqini hech qanday tarzda ifodalay olmaydi” mazmunida fikr bildirgan.