Putin G20 sammiti qatnashchilariga videomurojaat qilmaydi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20 sammiti qatnashchilariga videomurojaat bilan chiqmaydi, mazkur tadbirda TIV rahbari Sergey Lavrov ishtirok etadi. Bu haqda RF yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunday ma’lum qildi:
“Davlat rahbari sammit ishida hech qanday formatda qatnashmaydi, barcha vakolat Lavrovga berilgan”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar darajasida hujjatlarni kelishishdek murakkab jarayonda rus diplomatlari faol qatnashmoqda, guruhga TIV rahbari boshchilik qilmoqda.
G20 sammiti 9-10 sentyabr kunlari Dehlida bo‘lib o‘tadi.
Anjumanga qo‘shimcha ravishda Bangladesh, Misr, Ispaniya, Mavrikiya, Nigeriya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon va Singapur davlat rahbarlari taklif qilingan.
O‘zA