Prokurorning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Davlatimiz rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish yuzasidan bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan muntazam sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo viloyati prokurori Shoxrux Aminov tomonidan Guliston tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qabul davomida 62 fuqaroning murojaati eshitildi. Ulardan 20 ta murojaat takroriydir, ushbu murojaatlarning 5 tasi joyida qanoatlantirildi, 1 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi hamda 14 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil va profilaktik hisobga olingan 5 nafar yosh bilan suhbatlashilib, 1 nafariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun kredit va 1 nafarini profilaktik hisobdan chiqarishda amaliy yordam berish masalasida tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Tadbir so‘ngida, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 10 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘zini-o‘zi band qilishi uchun mikroto‘lqinli pech va motoyeultivator, haydovchilik guvohnomalari olish uchun to‘lov sertifikatlari topshirildi.
Viloyat prokurori Guliston tumanidagi 70-sonli maktab internatining o‘quvchilari bilan ham uchrashdi. Ular bilan yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va sharoitlar haqida suhbatlashildi.
O‘quvchilarga o‘quv qurollari jamlanmasi va televizor topshirildi.
Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA