Prezident qurultoyga tabrik yo‘lladi
Toshkent shahrida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Vlll qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.
Kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari bo‘lgan ko‘plab vazirlik va idoralarning mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tadbirda delegat sifatida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz madhiyasi yangraydi. Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Vlll qurultoyi ishtirokchilariga bayram tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Yurtimiz tarixida ilk bor davlatimiz rahbari Kasaba uyushmalari federatsiyasi qurultoyi ishtirokchilariga tabrik yo‘llagani, unda 11 noyabrni "Kasaba uyushmalari kuni" deb belgilash taklifi bildirilgani sohaga bo‘lgan yuksak e’tibordan darakdir.