Prezident Ilhom Aliyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Samarqandga tashrifi yakunlandi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Bu Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yilda yurtimizga uchinchi tashrifi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Ilhom Aliyev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2022 yil 21 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan edi. Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni ham Samarqandga kelgan.

I.AVVALBOEV, A.ABDULLAEV, J.NORQOBILOV (foto), O‘zA