Prezident Gruziya fuqarolarini maydonga chorlamoqda
Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili mamlakat fuqarolarini Yevropa siyosiy yo‘lini qo‘llab-quvvatlash uchun Tbilisidagi Yevropa maydonida o‘tkaziladigan mitingga chorladi.
“16 iyun kuni bir-birimizning ko‘zimizga qarab, Yevropaga o‘zimizni, birdamligimizni, irodamizni ko‘rsataylik. Shu kuni aholi, jamiyat, shaxsan men, siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillari – barchamiz oddiy fuqaro ekanimizni namoyish etaylik”, - dedi davlat rahbari.
Prezident hukumatni yevropalik hamkorlar bilan Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini olishi uchun maqsadli ish olib bormaganlikda aybladi.
Joriy yil 3 mart kuni mamlakat Bosh vaziri Gruziya nomidan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan.
O‘zA