Poytaxtimizda taksilar nazorati kuchaytiriladi
Poytaxtimizda koronavirus sababli taksilar nazorati kuchaytiriladi. Xususan, kasallik tarqalishining oldini olishni ko‘zda tutuvchi bir qator nazorat choralari ko‘rilishi belgilandi.
Jumladan, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo‘lovchilar sog‘lig‘ini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishsiz taksilarni uch tildagi (o‘zbek, rus, ingliz) “xavfsiz taksi” maxsus belgisi bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy qilinadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilari niqobda bo‘lishi, kiyinish madaniyatiga rioya qilishi, avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi, avtoulov salonining tozaligi va dezinfeksiyadan o‘tganligi kabi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi.