Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatidan avval katta yo'qotishga uchrashi mumkin
Rafael Leau diskvalifikatsiya qilinishi va jahon chempionatining dastlabki turini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau qo‘pol o‘yini evaziga dastlabki turni o‘tkazib yuborish ehtimoli bor.
FIFA Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Rafael Leauni Chiliga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdagi qo‘polligi uchun qo‘shimcha jazo tayinlashi mumkin. Uchrashuvda Leao chililik futbolchining bo‘ynidan ushlab yuziga zarba bergan va hakam tomonidan qizil kartichka bilan jazolangan edi.
Odatda o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi qizil kartichkalar rasmiy o‘yinlarga emas, faqatgina keyingi o‘yinlarga ta’sir o‘tkazar edi. Biroq Leauning qoidalarni qo‘pol ravishda buzgani uchun, FIFA tartib intizom qo‘mitasi jazoni kengaytirishi mumkin. Agar voqealar rivoji shunday davom etsa, Rafa mundialning birinchi turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi o‘yinda Portugaliyaga yordam bera olmaydi.
Portugaliya terma jamoasi mundialda O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan joy olgan.