Portlashdan soʻng shahar qayta tiklanmoqda
Qozogʻiston sanoat va infrastrukturani rivojlantirish vazirligi bayonotiga koʻra, Aris shahridagi harbiy oʻq-dorilar saqlanadigan omborda yuz bergan mudhish portlash fojiasidan soʻng hududda uy-joylarni qayta tiklash va bunyod etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.

Bayonotga koʻra, hozirda Arisdagi bunyodkorlik ishlarida 7 mingdan ortiq quruvchi-ishchilar xizmat qilmoqda. Ularning safi kundan-kunga ortib bormoqda. Hududdagi 5 mingga yaqin xususiy va koʻp qavatli uylarda toʻliq taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 155 ta uylar buzib tashlanib qaytadan qurilmoqda.
Hukumat obodonlashtirish chora-tadbirlar rejasiga koʻra, joriy yilning 24-iyul sanasiga qadar 1963 ta obyekt foydalanishga topshirilishi kerak.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 24-iyun sanasida Qozogʻistonning Aris shahridagi harbiy oʻq-dori saqlanadigan omborning portlashi oqibatida shaharning 85 foiz uy-joy fondi zarar koʻrgan. Vayronaliklarni qayta tiklash ishlari hukumat tomonidan jiddiy nazoratga olingan.