Porloq istiqbolga yo‘l
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan «Referendum — porloq istiqbolga yo‘l» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning 30 aprelida mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy jarayon - O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qizg‘in hozirlik ko‘rilayotgani, joylarda bo‘lib o‘tayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida yangilanayotgan Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilayotgani ta’kidlandi.



O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva va partiya faollari yangi tahrirdagi asosiy qonun xalqimizning huquq va manfaatlari, erkinliklarining himoyasini har tomonlama ta’minlashini, zotan Bosh qomusimizning barcha moddalarida inson omili oliy maqsad qilib olinganini qayd etdi.
M.Komilova, O‘zA