Polsha Litvaga migratsiya tanazzulini bartaraf etishda ko‘mak beradi
Polsha prezidenti Anjey Duda Litva rahbari Gitanas Nauseda bilan telefon orqali muloqoti davomida Litvaga migratsiya tanazzulini bartaraf etishda zarur ko‘mak berishini ma’lum qildi.
REGNUM xabarida Polsha rahbarining matbuot xizmati shunday ma’lumot tarqatgani aytilgan. Anjey Duda va Gitanas Nauseda birgalikda mazkur tanazzulga yechim topishga kelishib oldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus orqali Litvaga Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan 4 mingga yaqin migrantlar oqimi qayd etilgan. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan olinganda 50 baravar ko‘p degani.