Polsha AQSHdan 250 ta Abrams tankini sotib oladi
Polsha milliy mudofaa vazirligi AQSHdan 250 ta Abrams rusumidagi tank sotib olish uchun bitim imzoladi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.
Avvalroq AQSH davlat departamenti va kongressi Polshaga Abrams rusumidagi tanklarni sotishga roziligini bildirgan edi. Shartnoma Polshaga eng yangi modifikatsiya hisoblangan M1A2 SEPv3 tanklaridan 250 tasini yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, Polshaga imzolangan shartnoma doirasida logistika va tank ekipajini mashq qildirish xizmatlari ham ko‘rsatiladi.
Tanklarni sotib olish dasturining umumiy qiymati taxminan 6 milliard dollarga baholanmoqda. Polshalik harbiylarning ma’lum qilishicha, ushbu xarid Polsha qo‘shinlari tarixidagi eng yirigi hisoblanadi.