Pokistonning Kvetta shahrida portlash
Bugun ertalab Pokistonning Kvetta shahrida portlash sodir etilgan
Bugun ertalab Pokistonning Kvetta shahrida portlash sodir etilgan.
“Geo“ telekanalining xabar berishicha, mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilayotgan kunda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan. Hodisada jabrlangan 30 nafar odam zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portlash patrul xizmatini olib borayotgan politsiya avtomobili yonida sodir bo‘lgan. Hodisaga daxldor boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bugun Pokistonda parlament saylovlari o‘tkazilmoqda. Mamlakatdagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00da ochilgan.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 105 million pokistonlik saylovda ishtirok etishi kutilmoqda.