Pokiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pokiston bugun, 23 may kuni yadroviy snaryad tashish xususiyatiga ega “Shaxin-2” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan.
Pokiston bugun, 23 may kuni yadroviy snaryad tashish xususiyatiga ega “Shaxin-2” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda RIA Novosti Pokiston armiyasi matbuot xizmati rahbari, general mayor Asif G‘ofurning Tvitterdagi bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.
Asif G‘ofur bayonotiga ko‘ra, raketaning muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganligi Pokistonning mintaqada strategik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga javob beradi.
Xabarda eslatilishicha, Pokiston ushbu raketaning sinov parvozini ilk bor 2004 yil mart oyida amalga oshirgan bo‘lgan.