Plyonka ostida ekilgan paxta — yangi usul, yuqori samara bermoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida joriy yilda 5 ming gektar maydonda paxta yetishtirish rejalashtirilgan. Shundan 1 ming 600 gektarda Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida ekish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda tumanda paxta ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Diyor oltin obod” fermer xo‘jaligida 30 gektar maydonga plyonka ostiga chigit ekilib, uning bir tekis unib chiqishi ta’minlandi.
Fermer xo‘jaligi mas’ullarining ta’kidlashicha, mazkur usul suv va texnika resurslaridan samarali foydalanish, qo‘l mehnatini qisqartirish hamda xarajatlarni tejash imkonini beradi.
[gallery-28580]
Hozirda maydonlarda paxta parvarishiga oid agrotexnik tadbirlarni boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, xo‘jalikda 30 gektar maydonda ekib parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlarining rivoji ham qoniqarli.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA