Pilla urugʻi oʻzimizda tayyorlanadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi “Qirqqiz” ovul fuqarolar yigʻini hududida “VEST SILK VORM SEYED PRO” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Korxonaning ochilish marosimida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining eksport va investitsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ammo, ixtisoslashtirilgan mahalliy ipak qurti ishlab chiqaruvchi korxonalar texnologiyalari ham jismonan, ham maʼnan eskirgani, ular tomonidan tayyorlanayotgan ipak qurti urugʻi bir necha oʻn yildan buyon bir avlodga tegishli ekani, naslli duragay navlar yaratish borasida izlanishlar olib borilmagani sifatga ham, hosildorlikka ham salbiy taʼsir koʻrsatib keldi. Pillaning saralangan urugʻlarini oʻzimizda tayyorlash sohaning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ellikqalʼa tumanida ish boshlagan mazkur korxona bu borada qoʻyilayotgan amaliy qadam boʻldi.
Joriy yilda Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan 200 quti “Elita” pilla urugʻi tumandagi 250 nafar kasanachi va fermerga tarqatildi. Yangidan tashkil qilingan jamiyat tomonidan 10 ming quti saralangan pilla urugʻi yetishtiriladi. Bu esa Orolboʻyi tumanlarini oʻzimizda yetishtirilgan sifatli urugʻ bilan taʼminlash imkonini beradi.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va xitoylik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan jamiyatda 50 nafar doimiy, 150 nafar mavsumiy ishchining bandligi taʼminlandi. Tajribali xitoylik mutaxassislar tomonidan ishchi-xizmatchilarga pilla urugʻi tayyorlash texnologiyasi mukammal oʻrgatildi. Yaqin kelajakda bu yerda 20 ming qutidan koʻproq ipak qurti urugʻi tayyorlanadi va uni sotish evaziga mahalliy byudjetga qoʻshimcha daromad kiritiladi.
Tadbir yakunida ishchi-xizmatchilarga tuman hokimligi va jamiyat tomonidan sovgʻalar berildi.