Peshqadamlik uchun kurash qizg‘in
“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX chempionati ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX chempionati ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Chempionat peshqadami “Ardus” jamoasi “Nafis” futbolchilarini 7:4 hisobida yengib, birinchi o‘rinda qoldi. Amaldagi chempion “Olmaliq” “Turon” jamoasini 8:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Do‘stlik” – “Maksam-Chirchiq” uchrashuvi 3:2 hisobida yakunlandi.
“Paxtakor” – “Kogon” uchrashuvida 1:6 hisobi qayd etildi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Paxtakor” jamoasi ikkinchi turni ham ochkosiz yakunladi.