Personaj nutqida epitetlarning funksional xususiyatlari
Qahramon Saloyevich SOBIROV dotsent filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Xorazm, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek dramaturgiyasida personajlar nutqida epitetlarning oʻziga xos funksional xususiyatlarga egaligi, ular nutqda soʻzlovchining turli-tuman ifoda maqsadlarini emotsional, obrazli va tasviriy tarzda amalga oshiruvchi badiiy tasvir vositalaridan ekanligi, soʻzlarning koʻp ma’noliligi, fikrni aniq va obrazli ifodalashga, munosabatlarni, kayfiyatni, ba’zan xarakterni koʻrsatishga xizmat qilishi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: dramaturgiya tili, personaj nutqi, polisemiya, epitet, uslubiy maqsad, funsional xususiyat.