Pekin va Vashington siyosati tanqid qilindi
Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen Xitoyga uyushtirgan ilk tashrifi chogʻida Pekin va Vashington siyosatini tanqid qildi.
Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen Xitoyga uyushtirgan ilk tashrifi chogʻida Pekin va Vashington siyosatini tanqid qildi. “N-TV” telekanali maʼlumotida Fon der Lyayen Pekin mudofaa universitetida Oq uy maʼmuriyatini bevosita tilga olmagan tarzda xalqaro huquq meʼyorlarini hurmat qilishga va bir tomonlama siyosat hamda proteksionzimdan voz kechishga chaqiruvchi nutq soʻzlagan.Nemis mudofaa vaziri Xitoy rahbari Si Szinpin qabulida boʻlib, soʻngra harbiy kengash Markazida Germaniyani “yaxshi hamkor” deb atagan general Syuy Silyan bilan uchrashgan. Tomonlar harbiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilgan.