Payariqdagi "mahalla tibbiy punkt" lari 13 ta bo‘ldi
Prezidentimizning 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Samarqand viloyati Payariq tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, yaqinda G‘allakor mahallasining Quduqcha, Ko‘lto‘sin mahallasining Ko‘l, Sho‘rtepa mahallasining Navoli, Taraqqiyot mahallasining Qoraqalpoq hamda Navro‘z mahallasining Qarri qishloqlarida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun “mahalla tibbiy punkt”lari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.

Qishloq aholisi uzog‘i yaqin bo‘lganligidan minnatdor. bugungi kunda tumanda 2 ta shifoxona, 2 ta ko‘p tarmoqli poliklinika, 3 ta oilaviy poliklinika, 15 ta oilaviy shifoxona punkti, 1 ta tez tibbiy yordam markazi va 13 ta shaxobchasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
G‘.Hasanov,
O‘zA