“Paxtakor” uchinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi
Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi yangi mavsumga o‘zgacha tayyorgarlik olib borayotganidan xabaringiz bor.
Poytaxt klubi Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda. Ushbu yig‘in doirasida “Karvina“ (Chexiya) jamoasiga qarshi uchinchi nazorat uchrashuvi tashkil etildi.

Afsuski, bu o‘yinda yangicha uslubni sinab ko‘rgan “Paxtakor” jamoasi 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda Diyorbek Ortiqboyev 34-daqiqada maydondan chetlatildi.

Endi “Paxtakor” 18 yanvar kuni “Yelimay“ (Qozog‘iston) jamoasiga qarshi to‘rtinchi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA