Paxta yigʻim-terimi qizgʻin
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida paxta yetishtirish sohasida klaster usuli keng qoʻllanilmoqda.
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida paxta yetishtirish sohasida klaster usuli keng qoʻllanilmoqda.
– Hududdagi 404 fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan shartnoma asosida 9 ming 836 gektar maydonda paxta yetishtirildi, deydi “Textile Finans Namangan” korxonasi bosh direktori Odiljon Joʻrayev. – Barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilgani bois hosil moʻl. Ayni paytga qadar 10 ming tonnadan ziyod paxta xomashyosi yigʻib olindi.
Belarusdan keltirilgan yuqori ish unumdorligiga ega 30 ta MTZ-80X, MTZ-100M traktori, 20 ta kultivator agregatidan gʻoʻza parvarishida samarali foydalanildi. Terimda kuniga 40 gektar maydondagi hosilni yigʻib olish quvvatiga ega “JOHN DEERE” paxta terish kombayni samarali ishlatilmoqda.
Qoʻgʻay qishlogʻidagi “Ahmadjon Shohjahon Shohzilola” fermer xoʻjaligi ham klaster tizimiga biriktirilgan xoʻjaliklardan. 26 gektar maydonda paxta parvarishlagan xoʻjalikda ayni kunlarda terim ishlari qizgʻin davom etmoqda.








