Pastdarg‘omda yangi logistika markazi ochildi
Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan “INDRA GROUP LIMITED” kompaniyasi bilan hamkorlikda Pastdarg‘om tumanida logistika markazi (erkin bojxona ombori) tashkil etildi.
Loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun 5,6 milliard so‘m miqdorida investitsiya yo‘naltirilib, 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Markazning ochilishida Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, xitoylik hamkorlarni va mahalliy tadbirkorlarni tabrikladi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.


Tadbir qatnashchilari logistika markazi quvvati va imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu yerda elektron tijorat xizmatlarini rivojlantirish, yuklarni tezkor va samarali saqlash hamda qayta ishlash imkoniyatlari mavjud. Markaz tuman iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA