Partiyalar faoliyati yuzasidan o‘quv-seminari
Fotoreportaj
Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimligida Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputatlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish, “Xalqparvar” komissiya faoliyati hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari va ular huzurida tashkil etilgan ekspertlar guruhi faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri, Xalq deputatlari tuman kengashlari kotibiyat mudirlari va bosh mutaxassislari ishtirok etdi.
[gallery-9072]
Tadbir avvalida, partiyalar faoliyatini o‘zida aks etgan panolar, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarning asosiy qismida “Xalqparvar” komissiyasi faoliyati jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputati, Sud huquq va qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya raisining ma’ruzasi tinglandi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga mutasaddilar tomonidan tegishli javob hamda tushuntirishlar berib o‘tildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA