Partiya a’zolari safi kengaymoqda
Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Men milliy tiklanishni tanladim” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Men milliy tiklanishni tanladim” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan yoshlarning daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, partiya ilgari surayotgan g‘oyalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. 2019 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda partiya tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va uning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida hozirgi paytda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishda partiyaning o‘rni atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning noqonuniy migratsiya, odam savdosidan jabrlanishi, turli ekstremistik oqimlarga kirib ketishi kabi muammolarning hal etilishi partiyaning saylovoldi dasturida qanday aks ettirilgani bilan qiziqdi.
Tadbirda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining g‘oyalariga xayrixoh yoshlar a’zolikka qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.