Parkentliklar uchun qulaylik
Toshkent viloyatidan poytaxtga 9 ta yo‘nalishda ekspress avtobus qatnovini tashkil etish bo‘yicha belgilangan reja doirasida Parkent shahridan yo‘lovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro bekatigacha yetkazib qo‘yadigan yo‘nalish tashkil etildi.

Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi O‘zbekiston bog‘i orqali "Mashinasozlar" metro bekatiga qadar harakatlanadi. Ayni paytda mazkur yo‘nalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida "Parkent ATS" MCHJ tomonidan 5 ta yangi ISUZU NP 26 avtobuslari sotib olindi. Bu yo‘nalishda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun jami 8 dona avtobus biriktirilgan. Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi. Masofasi 35 kilometr bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6 ming so‘m etib belgilangan.

A.Musayev, O‘zA.