“Parij-2024”: Katta janglar ostonasidamiz
Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Alisher Yusupov, Sharifa Davronova va boshqalar Olimpiya o‘yinlari sinov maydonlariga yaqinlashmoqda. Hayajonli damlar sizu bizni kutmoqda.
Bugun, 2 avgust kuni o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 14 ta sport turida 23 ta medallar jamlanmasi uchun qiziqarli kurashlar kechadi.
Dunyo nigohidagi Olimpiya o‘yinlarida sportchilar o‘q otish, suvga sakrash, akademik eshkak eshish, tennis, batutdan sakrash, boks, ot sporti, badminton, sport parusi, kamondan otish, dzyudo, suzish, qilichbozlik, yengil atletika va velosport-VMX yo‘nalishlarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Mamlakatimiz sportchilari yengil atletika, dzyudo, kamondan otish, boks, yengil atletika sport turlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

2 avgust kuni o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining bellashuvlar vaqti va musobaqalar dasturi bilan tanishing:
13:15 dan so‘ng. Yengil atletika. Safina Sa’dullayeva (balandlikka sakrash, kvalifikatsiya “B” guruhi).
14:00 dan so‘ng. Dzyudo. Alisher Yusupov (+100 kg, nimchorak final).
14:24. Kamondan otish, mikst. O‘zbekiston - AQSH (nimchorak final).
18:30. Boks. Sitora Turdibekova - Lin Yu Ting (Xitoy Taypeyi) (57 kg, nimchorak final).
20:54. Boks. Bahodir Jalolov - Teremoana (Avstraliya) (+92 kg, chorak final).
21:15. Yengil atletika. Sharifa Davronova (Uch hatlab sakrash, kvalifikatsiya “B” guruhi).
00:20. Boks. Hasanboy Do‘smatov - Saken Bibossinov (Qozog‘iston) (51 kg, chorak final).
00:52. Boks. To‘rabek Habibullayev - Arlen Lopes (Kuba) (80 kg, chorak final).
T.Ro‘ziyev, O‘zA