Para suzuvchimiz Portugaliyada sovrindor bo‘ldi
Portugaliyaning Madeyra shahrida para suzish bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati davom etmoqda. Unda paralimpiyachilarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga chalqancha usulda suzish bahslarida hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda Muslima Odilova kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA