“O‘zmilliybank” AJ: 2023 yil sarhisobi
Bugungi kunda respublikamizda 30 dan ziyod tijorat banklari faoliyat yuritmoqda. Aholi farovonligini oshirish, tegishli tartibda xizmat ko‘rsatish va umuman, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda moliyaviy institutlarning o‘rni muhim.
Mamlakatimizdagi eng yirik banklardan biri “O‘zmilliybank” AJ davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarda samarali ishtirok etib, katta investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda.
2023 yilda bank aktivlarini va mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ishtirokini oshirish, mustahkam resurs bazasini shakllantirish va undan oqilona foydalanish, shuningdek, bank tavakkalchiliklarini samarali boshqarish siyosatini amalga oshirish ishlarini davom ettirdi.
2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank aktivlari 18 trillion so‘mdan oshdi, kredit portfeli 95,3 trillion so‘mni tashkil etdi, umumiy kapitali 17,7 trillion so‘mga yetdi.
Bankning korporativ segmentida 1500 dan ortiq, kichik va o‘rta biznes segmentida 80 mingdan ortiq mijozlar mavjud bo‘lib, ularning aylanmasi 266 trillion so‘m va 32 trillion so‘mni tashkil etadi.
Amalga oshirilgan yirik loyihalar doirasida shuni qayd etish kerakki, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish hamisha bankning ustuvor maqsadi bo‘lgan. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq “O‘zmilliybank” AJ milliy iqtisodiyotimizni isloh qilish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit yaratish jarayonida hukumatning ishonchli tayanchi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.
Bank bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik investitsiyaviy bank hisoblanadi. NBU brendi xorijda ham yaxshi tanilgan.
Bank butun faoliyati davomida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish va ko‘plab yirik va strategik muhim infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ularning aksariyati yoqilg‘i-energetika kompleksi, to‘qimachilik sanoati, transport va aloqa, kommunal xo‘jalik kabi yo‘nalishlarda amalga oshirildi.
To‘rtta gaz turbinali uskunani xarid qilish bo‘yicha umumiy miqdori 72 million yevroga teng loyiha moliyalashtirildi. Ushbu loyiha Buxoro shahridagi 3-sonli qozonxona negizida va Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi issiqlik elektr stansiyasi hududida elektr energiya ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish hisobiga energetika tarmog‘ining mavjud quvvatini oshirishga yordam berdi. Loyihaning dolzarbligi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ilg‘or jahon tajribasi va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash konsepsiyasi bilan bog‘liq.
Bank Toshkent shahridagi past quvvatli elektr tarmoqlarini yangilashga qaratilgan loyihani ham moliyalashtirdi. Qayd etish joizki, ushbu loyiha poytaxtimizni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks tadbirlar doirasida amalga oshirilib, iste’molchilarning energiya resurslariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan hamda poytaxtimizda elektr tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida transformator punktlari, issiqlik ta’minoti tizimlari, jumladan poytaxtimizdagi qozonxonalar ham modernizatsiya qilindi. Buning samarasida, issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berilmoqda hamda podstansiyalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi PQ-59-son “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek, respublikamizning Parij bitimi bo‘yicha miqdoriy majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida bank tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ harakatlanish tarkibini yangilash loyihasini moliyalashtirish uchun 205 million dollar kredit mablag‘lari ajratildi. Bu Toshkent shahar jamoat transporti va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Davlatimiz rahbarining topshirig‘ini bajarish doirasida amalga oshirilgan loyiha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi hamda 1000 ta «Yutong» va «King Long» rusumli zamonaviy avtobuslarning olib kelinishi hisobiga jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini berdi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi samarasida avtobus qatnovi ko‘paydi, bugungi kunda 1700 ta avtobus 167 ta yo‘nalish bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan 70 foiz ko‘p. Yo‘lovchi tashish ham ikki baravar ko‘paydi, kuniga o‘rtacha 900 ming yo‘lovchi tashiladi, umuman olganda o‘tgan yil davomida 240 million yo‘lovchi tashilgan. Ayni damda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgan.
2023 yilda bankning kredit mablag‘lari hisobiga ko‘plab yirik investitsiya ob’ektlari ishga tushirildi. Jumladan:
- “O‘zbekistonda CKD usulida «ADM Jizzakh» avtomobil yig‘ishni tashkil etish” - 56,0 million AQSH dollari;
- “O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuk tashish vagonlari parkini yangilash” – 105,0 million AQSH dollari;
Viloyatlarning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, bank ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarda, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Sog‘liqni saqlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, turizm va mehmonxona xizmatlari, ta’lim, transport, qurilish va turli ob’ektlarni rekonstruksiya qilish, IT-kommunikatsiyalar, umumiy ovqatlanish sohalari shular jumlasidan.
2023 yilda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zmilliybank” AJ tomonidan 10,4 trillion so‘mlik kredit ajratildi.
Ayni damda moliyalashtirilayotgan loyihalarning asosiy yo‘nalishlari transport xizmatlari – 5,4 trillion so‘m, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo – 3,4 trillion so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, joriy yilda Toshkent shahrida 9 mingta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi, 450 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
- tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi «Madi medical» – 1,2 milliard so‘m.
- mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Tosh Travel Product» MCHJ – 23,0 milliard so‘m.
- “Favorit Education” nodavlat ta’lim muassasasi – 7 milliard so‘m.
- “Xonzadoxon Savdo” bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi – 1 milliard so‘m.
Yoshlar bilan ishlash, ularni biznesga jalb qilish bankning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Prezidentimizning 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son farmoniga muvofiq, yangi g‘oyalarga asoslangan «Start-up» va yoshlarning biznes-loyihalari moliyalashtirildi.
2023 yilda 21 mingga yaqin yoshlarga 320 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘i, xususan tadbirkorlikni rivojlantirishga 120,7 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Shu bilan birga, yoshlarning uy-joy bilan bog‘liq masalalarini hal etish maqsadida 20,6 milliard so‘m ipoteka krediti va 178,6 milliard so‘m ta’lim krediti ajratildi.
«ROBOCODE» MCHJ yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun IT o‘quv markazi – 600 million so‘m.
Stomatologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi «MAHMUD EVRO DENT» MCHJ – 1,0 milliard so‘m.
Sport markazi xizmatlariga ixtisoslashgan «KHIVA RED TIGERS» XK - 600 million so‘m.
Yana bir yo‘nalish - chakana biznes segmenti va jismoniy shaxslar bilan ishlash.
“O‘zmilliybank” AJ chakana biznesni rivojlantirishda moliyaviy xizmatlar bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda bank aholiga 11 turdagi jozibador omonatlarni taklif etmoqda. Natijada bankdagi aholi mablag‘lari hajmi yil davomida 1,5 trillion so‘mga yetdi va 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 9,5 trillion so‘mni tashkil etdi.
Bozor talabini o‘rganish jarayonida aholining ehtiyojlarini qondirish maqsadida quyidagi turdagi kreditlar - iste’mol krediti, avtokreditlar, mikrokreditlar, overdraftlar va ta’lim kreditlari taklif etilmoqda.
Aholi zich joylashgan hududlarda bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida mini-banklar tashkil etilib, ularda barcha turdagi chakana kreditlari berilmoqda. Jismoniy shaxslar kredit qarzdorlik holati, muntazam to‘lovlar jadvalini kuzatish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarni bankka bormasdan, «Milliy» ilovasi orqali onlayn rejimda to‘lash imkoniga ega. Shuningdek, bankning mobil ilovasi orqali onlayn mikroqarzlar olish dasturi ham ishga tushirildi.
2023 yilda Solfy to‘lov kartasi deb nomlangan loyiha ishga tushirildi. Ushbu karta keng hamkorlar tarmog‘ida 12 oygacha foizsiz to‘lovlardan foydalanish imkonini beradi, shu bilan birga, har bir xarid uchun to‘lov teng oylik to‘lovlarga bo‘linadi. Hamkorlar tomonidan mobil ilova ishlab chiqildi. Uning yordamida preskoring amalga oshiriladi va kartaga buyurtma berish, bo‘lib to‘lash dasturiga ulangan barcha hamkorlar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda 3300 kompaniya Solfy dasturining hamkorlari hisoblanadi. Media Park, Texnomart, Makro, LG, Baraka Market shular jumlasidan. Biz o‘z mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish hamda tovar va xizmatlarni kengaytirish maqsadida loyihamizni yanada kengaytirish niyatidamiz.
Ko‘plab skoring va onlayn imkoniyatlarning joriy qilinishi hisobiga jismoniy shaxslarga kredit berish jarayoni soddalashtirildi va bugungi kunda hujjatlarni ancha tez rasmiylashtirish mumkin. Buning samarasida 2023 yil boshidan buyon 122 ming nafar jismoniy shaxslarga chakana kreditlar berildi. Bu ko‘rsatkich oldingi yilga nisbatan 68 mingtaga ko‘pdir. Pul ko‘rinishida bu 3 trillion 548 milliard so‘m bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 1 trillion 987 milliard so‘m ko‘p.
Zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib, bank faoliyatini raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2023 yilda raqamlashtirish doirasida quyidagi loyihalar amalga oshirildi:
CRM tizimi. Hozirgi kunda u foydalanishga topshirish uchun sinovdan o‘tkazilmoqda.
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish uchun amalga oshirilgan aloqa-markazi;
mijozlarni kreditlar bo‘yicha zarur to‘lovlar haqida oldindan ogohlantirish va ularga qo‘ng‘iroq qilishga qaratilgan soft collection tizimi;
tashkilot tuzilmasini samarali boshqarish, xodimlarni o‘qitish va ularni sinovdan o‘tkazish samaradorligini baholashga qaratilgan SAP HCM va SF tizimi.
Bank haqli ravishda O‘zbekiston bank sektorining yetakchisi va xalqaro moliya bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi.
Bizda xorijiy va xalqaro kapital bozorlarining mablag‘larini jalb qilish orqali yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun barcha zarur resurslar mavjud.
Bankning loyihalarini ko‘paytirish, moliyalashtirishni kengaytirish hamda davlat loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023 yilda Deutsche Bank, Xitoyning Eksimbanki, Societe Generale, Xitoy taraqqiyot davlat banki, Citibank bilan bitimlar imzolandi va qariyb 755 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ jalb qilindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik va tovar ayirboshlash hajmining oshishi tufayli bank mijozlari tomonidan Xitoy yuanidagi loyihalarni moliyalashtirishga talab ortib bormoqda. Shuni hisobga olgan holda moliyalashtirish mablag‘larini diversifikatsiyalash maqsadida bank Gonkong fond birjasida Dim-sam obligatsiyalari[U1] (xitoy yuanidagi obligatsiyalar)ni chiqarishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, 2024 yilning birinchi yarmida bank London fond birjasida ham dollarli yevroobligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, bank turli valyutalarda yangi vakillik hisob varaqalarini ochish orqali o‘z hamkorlarini kengaytirishni davom ettirmoqda.
Xususan, 2023 yilda quyidagi xorijiy banklar va valyutalarda hisoblar ochilgan:
Xitoyda Shanghai Pudong Development Bank, China Development Bank Shanghai Branch va Harbin Bank– xitoy yuanida;
BAAda Mashreqbank va Abu Dhabi Islamic Bank – BAA dirhamida;
Turkiyada Turkiye Is Bankası – turk lirasida;
Qozog‘istonda Bank SentrKredit – qozoq tengesi, AQSH dollari va yevroda va boshqa ko‘plab banklarda boshqa hisoblar ochilgan.
Bu turli moliyaviy institutlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini saqlab qolish hamda xitoy yuani, BAA dirhami, qozoq tengesi va turk lirasi kabi valyutalarda xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.
Bu va boshqa natijalarning barchasiga bankni rivojlantirish strategiyasiga asoslangan tizimli yondashuv asosida erishildi.
Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirish, xorijiy banklar tajribasi va xalqaro moliya maydonidagi zamonaviy vositalarni joriy qilishni o‘z ichiga olgan transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishga kuchli turtki bo‘ldi.
“O‘zmilliybank”ni eng yaxshi xalqaro standartlarga muvofiq ishlaydigan zamonaviy bankka aylantirish maqsadida «McKinsey&Company» konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021-2025 yillarda bankni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqildi. U bank ishining korporativ biznes, chakana, kichik va o‘rta biznes, tarmoqni rivojlantirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, menedjment tavakkalchiliklari, HR, monitoring va qarz undirish kabi 8 ta yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Strategiyani hayotga tatbiq etish doirasida 32 ta tashabbus va 77 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Belgilangan barcha vazifalarni hal etish maqsadida bankda Transformatsiya ofisi tashkil etildi. U tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda strategiyani monitoring qiladi, muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi.
Korporativ, chakana, kichik va o‘rta biznes albatta, bankni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Shu bois, bankning korporativ mijozlariga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish maqsadida mijozlar bilan ishlash menejerlari ish olib boradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes yo‘nalishi bo‘yicha yangi xizmatlar ishga tushirildi. Ayni damda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi va sifatini oshirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Strategiyani hayotga samarali tatbiq etish maqsadida bank tomonidan Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istondan xalqaro ekspertlar jalb qilindi.
Bank yetakchi xalqaro amaliyotlarni joriy qilish strategiyasini amalga oshirish doirasida McKinsey kompaniyasi va xalqaro ekspertlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. Raqobat muhitida bank sektoridagi yetakchi mavqeni mustahkamlash maqsadida bankda o‘z faoliyatiga Lean texnologiyalar, Six Sigma va Kaizen uslublarini joriy qilgan alohida jamoalar shakllantirildi.
Bankni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ekspertlarning fikrlari:
“Milliy bank bizning uzoq muddatli hamkorimiz va sherikchilik munosabatlari o‘rnatilgan mijozimizdir. Biz kompaniyamizga bildirilgan ishonchni yuksak qadrlaymiz, shu bois barcha vazifalar va yo‘nalishlarda eng yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz.
Biz Bank tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar salmoqli natijalarga sabab bo‘lganining guvohi bo‘lmoqdamiz va kelajakda Bank katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonamiz”.
McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi jamoasi:
“Milliy bank jamoasidagi ekspertning yangicha qarashlari bankni muvaffaqiyatli o‘zgartirish yo‘lidagi katta yutuqdir. O‘zbekistonning yetakchi banki safiga qo‘shilar ekanman, jamoaning yangi a’zosi sifatida xodimlar bilan ishlash strategiyasini samarali amalga oshirish uchun jiddiy o‘zgarishlar kerakligiga aminman. Bank biznesi sohasi doim o‘zgarib turadi va mening ekspert sifatidagi qarashlarim bank jamoasi tajribasini yanada oshirishi kerak.
Hamkorlikdagi ishlar va bankning innovatsion yondashuvlari xodimlarni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratadi, deb o‘ylayman. Bu esa, strategik maqsadlarga erishish va bankning O‘zbekistondagi yetakchiligini mustahkamlashga ta’sir ko‘rsatadi”.
Korelskaya O.V. – Xodimlarni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha boshqaruvchi direktor.
“Mintaqadagi 25 yillik faoliyatim davomida O‘zbekiston bank bozorini, uning ulkan salohiyati o‘rgandim. Men 2022 yilda boshqa davlat bankidan Milliy bankka o‘tdim va bankda transformatsiya jarayonini boshqarishga ko‘maklashdim.
Chakana savdo, kichik va o‘rta biznes sektorida ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Menga bank va moliya akademiyasida ma’ruzalar o‘qish orqali o‘z tajribam bilan bo‘lishish imkoniyati taqdim etilganidan minnatdorman”.
Louson S.M. – Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi.
Milliy bank - 2024 yil uchun oliy maqsadlar va vazifalar.
Shunday qilib, 2024 yilda bank tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish rejalashtirilgan: qariyb 22,5 trillion so‘m miqdorida kredit, 19,7 trillion so‘m bankning umumiy kapitali va 28,3 trillion so‘m depozitlar bo‘yicha qoldiqlar ajratish. Bundan quyidagi natijalar kutilmoqda: aktivlar rentabelligini 2,2 foiz, kapital rentabelligini 12,0 foiz va operatsion xarajatlarning daromadlarga nisbatini 28,0 foiz darajada saqlab turish.
2024 yilda bank iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini faol kreditlash siyosatini davom ettiradi.
Shu maqsadda, kredit mablag‘larining asosiy qismini iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlariga yo‘naltirish rejalashtirilgan:
- xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlikni rivojlantirishga 11,5 trillion so‘m;
- eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga 10,2 trillion so‘m;
- sanoatni rivojlantirishga 6,6 trillion so‘m;
- qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga 1,2 trillion so‘m;
- chakana bozor segmentiga - 4 trillion so‘m va ipotekaga 3 trillion so‘m;
- transport sohasini rivojlantirish (viloyat markazlarida gazda yuradigan va elektrobuslarni xarid qilish)ga 1,8 trillion so‘m.
Mamlakatimizning yetakchi tijorat banki CRM tizimini ishga tushirish orqali o‘z faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirishni davom ettiradi. Shuningdek, AML tizimi ham avtomatlashtiriladi va tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish boshlanadi.
Mijozlarning tajribasini oshirish, taqdim etilayotgan xizmatlar samaradorligi va sifatini ta’minlash maqsadida bankda yuridik shaxslar uchun kredit konveyerlari, jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlar bo‘yicha raqamli mahsulotlar joriy etiladi. Bu o‘z navbatida, mijozlarga kredit olish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirishga yordam beradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, «Milliy 3.0» mobil ilovasining yangi talqini va yuridik shaxslar uchun yangi mobil ilova ham ishlab chiqiladi.
“O‘zmilliybank” AJ matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida