O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? (+video)
Xabaringiz bor, Prezident "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hozirda huquqiy hujjatlari yo‘q yoki to‘liq bo‘lmagan 3 million 600 mingdan ortiq yer uchastkalari mavjud.
Prezident 2023 yil 21 noyabr kuni yer hisobi va kadastr xizmatlari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bu masalani qonuniy hal etish zarurligini aytgan edi. Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi asosida qonun loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqildi.
Millionlab o‘zbekistonlikni qamrab olib, 3 yil davom etadigan “aksiya”da o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 8 toifadagi ob’ektlarga inson omili va qog‘ozbozliklarsiz kadastr hujjatlari beriladi. Xo‘sh, o‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun loyihasi bo‘yicha savollarimizga Adliya vazirligi mas’uli javob beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_K1yfAB6wBw?si=fDxRb2U02KD4FKDe" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov