O‘zbekistonning BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Umid Rustamovich Shodiyevni O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)dagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, ushbu masala O‘zbekistonning BAA bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va turizm sohalarida amaliy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Senatorlar ushbu nomzod tashqi siyosat sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar hamda mamlakatimiz milliy manfaatlarini xalqaro maydonda munosib va samarali tarzda ilgari surish salohiyatiga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Muhokama natijalariga ko‘ra, U.Shodiyev O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
N.Abduraimova,
N.Haydarov (surat),
O‘zA