Özbekistonlik paraatletlarning imkoniyat maydoni kengaymoqda
Özbekiston adaptiv sporti xalqaro maydondagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş va paraatletlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş yölida yana bir qadam taşlandi.
Özbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Virtus xalqaro sport federatsiyasiga aʼzolikka qabul qilindi.
Aytiş lozimki, Xalqaro Paralimpiya qömitasining taʼsisçi aʼzolaridan biri hisoblangan Virtus 1986-yilda INAS nomi bilan taşkil etilgan bölib, bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakat milliy adaptiv sport taşkilotlarini birlaştiradi.
Uşbu federatsiya intellektual nuqsoni bölgan sportçilarni xalqaro musobaqalarga jalb etiş hamda paralimpiya harakatidagi iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.
Virtus xalqaro federatsiyasiga aʼzolik Özbekiston adaptiv sporti rivojining yangi bosqiçini boşlab beradi. Bu, sportçilarimizning xalqaro reyting va musobaqalarda iştirok etişi, jahon tajribasiga ega mutaxassislar bilan hamkorlik qilişi, murabbiylar malakasini oşiriş hamda iqtidorli sportçilarni xalqaro darajada saralaş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Xususan, 2027-yil 24-fevral – 3-mart kunlari Bangkokda ötkazilişi rejalaştirilgan Virtus Osiyo va Okeaniya öyinlari, şuningdek, kelgusi yil 22-noyabr – 5-dekabr kunlari Qohirada bölib ötadigan VII Virtus Global öyinlarida Özbekiston sportçilari iştirok etişi mumkin böladi.
Eng muhimi, bu taşabbus maxsus sport toifasidagi sportçilarimizning salohiyatini dunyoga namoyon etiş, ularning yuksak natijalarga erişişi va Özbekiston bayroğini nufuzli xalqaro musobaqalarda kötarişiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar sari yöl oçadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA