O‘zbekistonlik 11 yoshli shaxmatchi qiz FIDE cport ustasi talabini bajardi
Mamlakatimizning eng yosh va iqtidorli shaxmatchi qizi Husnoraxon Husniddinova FIDE cport ustasi talabini bajardi.
11 yoshli Husnoraxon ayollar o‘rtasida FIDE sport ustasi unvoniga ega chiqib, o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar orasida yangi tarix yaratdi.
Aytish lozim, joriy yil yanvar oyida eng yaxshi natijaga 12 yoshli Sarvinoz Bekmuratova erishgan edi.
Iqtidorli shaxmatchimiz Husnoraxon Husniddinova O‘zbekiston shaxmat tarixida bu darajaga erishgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA