O‘zbekiston XTTB va XMKda o‘z ulushini saqlab qoladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Jahon banki guruhining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi.
Shuningdek, ushbu moliya institutlarining ustav kapitallari ko‘payishi munosabati bilan ulardagi ulushini saqlab qoladi.
Shu maqsadda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qo‘shimcha 762 ta aksiyasini xarid qiladi. Buning uchun 2022-2023 yillarda 5 740 000 dan, jami, 11 480 000 AQSH dollari ajratadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasining qo‘shimcha 12 781 ta aksiyasini xarid qilish uchun esa, 2022-2025 yillarda 3 195 250 dan, jami 12 781 000 AQSH dollari sarf etiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining aksiyalariga O‘zbekiston Respublikasining obuna bo‘lishi to‘g‘risida Jahon banki guruhini xabardor qilish vazifasi yuklatilgan.
O‘zA