O‘zbekiston xalqaro moliya bozoriga chiqmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisi Alisher Mirsoatov boshchiligidagi delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida London fond birjasiga 411 million dollarlik xalqaro obligatsiya joylashtirildi.
Erishilgan moliyaviy kelishuvda “Deloitte”, “Ernst & Young”, “Dentons” va “Linklaters” kabi yetakchi auditor va yuridik kompaniyalar ishtirok etdi. Uchrashuvda yirik jahon moliya institutlari - “JP Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank”, “NATIXIS”, “Societe Generale” va “Standard Chartered Bank” kompaniyalari vakillari bilan ham muzokara o‘tkazildi.
Oblagatsiyani joylashtirishdan tushgan mablag‘ muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ekspertlar fikricha, xalqaro obligatsiyani milliy valyutada chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonning bu tajribasi mamlakatdagi boshqa kompaniyalar uchun namuna bo‘lishi, o‘sish uchun yangi moliyaviy imkoniyat ochishi mumkin.
O‘zA